Devor ortida nima gaplar? Buni sun’iy intellektdan so‘rang

  •   Saroy
  •  1237
  •  14.06.2018 12:59

Devor ortida nima gaplar?  Buni sun’iy intellektdan so‘rang

Massachusets texnologiyalari institutining CSAIL laboratoriyasi tadqiqotchilari   RF-Pose tizimini namoyish qildi, uning yordamida odamning harakati va qanday holatda turganini bilib olish mumkin, hatto u odam devor ortida turgan bo‘lsa ham.

Olimlar  odam tanasiga tegib qaytadigan Wi-Fi diapazon to‘lqini generatoridan foydalanishdi. Aks etgan signal bo‘yicha tizim odamning taxminiy tasvirini aniqlaydi, garchi tasvir u qadar aniq bo‘lmasa-da, sun’iy ong ushbu muammoni hal etishga yordam berdi. Odamlarning rasmi va radiodiapazonda shunga mos tasvir bo‘yicha o‘qitilgan Sun’iy ong o‘tib borayotgan odamning holatini aniqlashni o‘rganib oldi (oyoq va qo‘lli «skelet» ko‘rinishida aks etadi).O‘QING: Haydovchisiz avtomobillar kelajagining “nozik” jihati

Loyiha mualliflari bir xonada yuzlab odamlar ustida tajriba olib borishdi va tizim 83 foiz holatda to‘g‘ri ishladi. Eng qizig‘i, hatto devor ortida ham aniqlik aslo pastlamadi. RF-Pose prototipida ko‘rish uzoqligi  ko‘pi bilan 12 metrni tashkil etadi. Tizim tasvirni yalpoq rasm sifatida ko‘radi, lekin kelgusida tadqiqotchilar uni uch o‘lchamli modelda ishlashga o‘rgatishmoqchi.

Bu kashfiyot insonlarga nima naf beradi, dersiz? Olimlarning ta’kidlashicha,  RF-Pose parishonxotirlik (skleroz) va Parkinson kasalliklariga duchor bo‘lgan bemorlarga yordam beradi. Tizim bemorlarning holatidagi o‘zgarishlarni nazorat qilishni osonlashtiradi. Yana bir foydali tomoni, keksalarni uzoqroqqa ketib qolganida kuzatib turish, agar yiqilib tushsa, bexabar qolmaslik uchun ayni muddao bo‘ladi.

O‘QING: Sun’iy ong: Microsoft’ning uyqusini qochirgan chiplar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!