Digma kompaniyaci Tizen platformasida ishlaydigan dunyodagi birinchi planshetni namoyish etdi

Digma kompaniyaci Tizen platformasida ishlaydigan dunyodagi birinchi planshetni namoyish etdi

Bugun Moskva shahrida o‘tkazilgan “Internet of Things” forumi doirasida Digma kompaniyasi Tizen platformasida ishlaydigan dunyodagi birinchi planshetni taqdim qildi. Planshetga eng so‘nggi Tizen 3.0 versiyasi o‘rnatilgan. Mazkur planshet dasturiy ta’minotning himoyasi va ishonchliligi muhim bo‘lgan davlat va korporativ segmentlariga mo‘ljallangan.

Digma Plane 8501 3G modeliga 8-dyuymli 1280x800 piksel aniqligidagi IPS-ekran o‘rnatilgan. Planshet to‘rt yadroli Spreadtrum SC7731 protsessorida ishlaydi, 1 Gb tezkor va 8 GB doimiy xotiraga ega. Planshet 2 MP asosiy va 0,3 MPli old kamera bilan ta’minlangan. Qurilma 2 ta SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi, akkumulyatorining sig‘imi 3800 mA/st.

digma_tizen_tablet_1   digma_tizen_tablet_2

Planshetning narxi haqida ma’lumot berilmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!