RASMAN: 1-dekabrdan internet tezligi va trafik hajmi oshiriladi!

RASMAN: 1-dekabrdan internet tezligi va trafik hajmi oshiriladi!

UZTELECOM shu yilning 1-dekabridan amaldagi tarif rejalariga internet tezligini va taqdim etilayotgan trafik hajmini oshirishini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, UZTELECOM doimiy ravishda telekommunikatsiya xizmatlari sifati va hajmini oshirish yo‘lida faol izlanishlar olib bormoqda. Kompaniya mutaxassislari telekommunikatsiya xizmatlari bozorini har tomonlama tahlil qilib, UZONLINE abonentlari uchun mavjud yechimlar va foydalanuvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi takliflar ishlab chiqmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 1-dekabrdan UZONLINE amaldagi tarif rejalariga internet tezligini va taqdim etilayotgan trafik hajmini oshirgan holda o‘zgartirishlar kiritayotgani aytilmoqda.

O‘QING: O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.