Diqqat! Axborot urushida yangi qurol paydo bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1688
  •  19.07.2018 18:19

Diqqat! Axborot urushida yangi qurol paydo bo‘ldi

Yangi texnologiyalar siyosatchilarning aytmagan so‘zlarini ham uning og‘zidan chiqarish imkonini bermoqda.  Tag‘in yana, buni juda ishonchli bajarmoqda.

Yaqinda BuzzFeed nashri hamda rejissyor Djordan Pil AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning videomurojaatini e’lon qildi. Unda siyosatchi qalbaki videolarning xavfi haqida ogohlantiradi. «Mening og‘zimdan masalan, prezident Tramp axmoq, degan so‘zni eshitsangiz nima  bo‘ladi, deya savol beradi siyosatchi.  Men hech qachon bunday gaplarni gapirmayman, lekin boshqa kimdir aytishi mumkin-ku».

Obama haqiqatan ham bunday deb aytmaydi. Uning uchun matnni Jordon Pilning o‘zi o‘qigan. Imo-ishoralar shunday qayta ishlanadiki, go‘yo sobiq prezidentning o‘zi bizni ogohlantirib murojaat qilayotgandek, bo‘lib ko‘rinadi.  Ushbu qalbaki axborotni tayyorlash uchun  Pil FakeApp dasturidan foydalandi, ushbu dastur orqali videoda yuzni almashtirish mumkin hamda Adobe After Effects’da tahrir qilsa bo‘ladi.

«Men buni qilish mumkinligini bilardim, faqat muvaffaqiyatli chiqishiga ishonchim komil emasdi, deb hikoya qiladi Jordan Pil o‘zining videoroligida. Natijada ko‘rdimki, buni fabrikatsiya qilish kutganimdan ham oson ekan». Bunday roliklar uchun yangi nom ham topildi – dipfeyk (so‘zma-so‘z tarjima qilganda chuqur qalbakilashtirish). Bu shunchaki montaj yoki kompyuter grafikasi emas, balki ko‘p miqdorda grafik ma’lumotlar qayta ishdanganidan keyin neyrotarmoqda yaratilgan to‘laqonli video hisoblanadi.

Amerika siyosatchilari hozirdanoq yaqin orada dipfeyklar axborot kengliklarini to‘ldirib yuborishi haqida bashorat qilmoqdalar. Neyrotarmoq rivoji axborot urushini yangi bosqichga olib chiqadi, o‘z navbatida odamlarning ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonchiga ham putur yetkazadi. Xo‘sh nima qilish kerak? «Yanada xushyor bo‘ling og‘aynichalishlar», — deya maslahat beradi qalbaki Obama.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!