Diqqat: eng xavfli va eng xavfsiz smartfonlar reytinglari

  •   DiMaX
  •  8596
  •  23.06.2017 17:31

Diqqat: eng xavfli va eng xavfsiz smartfonlar reytinglari

Uyali telefonlarning elektromagnit nurlanishlar chiqarishi muammosi mutaxassislar tomonidan bir necha marta ko‘tarilgan. Agar bu masala sizniyam xavotirga solayotgan bo‘lsa, nurlanishdan imkon qadar saqlanish uchun Samsung Galaxy S7 Edge ishlatganingiz ma’qul, deb yozadi PhonAndroid.

So‘nggi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ayni mana shu qurilma elektromagnit energiyasini kam chiqaruvchi – xavfsiz smartfonlar reytingida yetakchilik qiladi. Unda solishtirma yutilish koeffitsiyenti (Specific Absorption Rate, SAR), ya’ni – inson tanasi tomonidan bir soniyada yutiladigan elektromagnit energiyasi ko‘rsatkichi 0,264 Vt/kg.ni tashkil etar ekan. Bu borada ruxsat etilgan maksimal ko‘rsatkich 1,6 Vt/kg.ga teng.

Ommabop smartfonlar orasida eng xavfsiz, ya’ni – elektromagnit nurlanishini eng kam miqdorda tarqatuvchi qurilmalar reytingi quyidagicha:

  1. Samsung Galaxy S7 Edge (0,264 Vt/kg).
  2. Asus ZenFone 3 (0,278 Vt/kg).
  3. Samsung Galaxy A5 2016 (0,290 Vt/kg).
  4. Lenovo Moto Z (0,304 Vt/kg).
  5. OnePlus 3 (0,394 Vt/kg).
  6. Samsung Galaxy S7 (0,406 Vt/kg).
  7. HTC 10 (0,417 Vt/kg).
  8. Sony Xperia XA (0,473 Vt/kg).
  9. Honor 5X (0,560 Vt/kg).
  10. Samsung Galaxy A3 2016 (0,621 Vt/kg).

Elektromagnit energiyasini eng ko‘p tarqatuvchi – eng xavfli modellar o‘ntaligi esa quyidagicha:

  1. Honor 8 (1,5 Vt/kg)
  2. Huawei P9 (1,43 Vt/kg)
  3. Apple iPhone 7 (1,38 Vt/kg)
  4. Apple iPhone 7 Plus (1,24 Vt/kg)
  5. Honor 5C (1,14 Vt/kg)
  6. Sony Xperia X Compact (1,08 Vt/kg)
  7. Sony Xperia XZ (0,870 Vt/kg)
  8. LG G5 (0,737 Vt/kg)
  9. Apple iPhone SE (0,720 Vt/kg)
  10. Sony Xperia X (0,720 Vt/kg)

Ta’kidlash kerakki, yuqorida sanab o‘tilgan smartfonlarning barchasi AQSh Aloqa federal agentligi me’yorlariga javob beradi. Umuman olganda, turli mamlakatlarda SAR’ning xavfsizlik darajasini aniqlovchi o‘z me’yorlari mavjud. Masalan, Yevropada uning eng yuqori chegarasi 2 Vt/kg, Janubiy Koreyada esa – 1,6 Vt/kg qilib belgilangan. Ommabop smartfonlar odatda shu me’yorlardan oshib ketmaydigan SAR bilan chiqariladi. Biroq solishtirma yutilish koeffitsiyenti qanchalik kam bo‘lsa – foydalanuvchi salomatligiga uning zarari shuncha kam.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!