Diqqat: Samsung o‘z smartfonlariga sizga umuman yoqmaydigan yangilik kirityapti!

Diqqat: Samsung o‘z smartfonlariga sizga umuman yoqmaydigan yangilik kirityapti!

Samsung'ning One UI 2.5 qobig‘ida olingan va sizdirilgan skrinshotlardan ma’lum bo‘lishicha, kompaniya o‘zining standart ilovalari va xatto qulf ekraniga ham reklamalar joylamoqchi.

Taxminlarga ko‘ra, reklamalar faqatgina Galaxy A va Galaxy M seriyalaridagi budjet smartfonlarda bo‘ladi xolos. Skrinshotlarda ko‘rsatilgan reklamada 15 soniyalik taymer borligi ko‘rinib turibdi. Bundan qulf ekranini ochishdan oldin 15 soniya davomida video reklamani ko‘rish kerakligi tushuniladi.

Yana bir skrinshotdan esa ob-havo ma’lumoti ilovasiga intergratsiyalangan reklamani ko‘rish mumkin. Har ikki reklama ham koreys tilida, shuning uchun, Samsung'ning reklamalar qo‘shish rejasi faqat Koreyadagi smarfonlarga amal qiladimi yoki boshqa bozorladagi qurilmalarda ham reklama ko‘rsatiladimi, bunisi hozircha noma’lum.

O‘tgan oktyabr oyida Samsung Koreya vakili kelgusida interfeysga reklamalardan kelgan daromad evaziga «yangi funksiyalar qo‘shish va xizmat ko‘rsatishni barqarorlashtirish uchun» OneUI'ga reklama bannerlarini qo‘shish rejasi bor ekanligi haqida hisobot e’lon qilgandi.

OneUI 2.5 haqida ma’lumot juda kam. Hozircha bizga ma’lum bo‘lishicha, yangi qobiqda uchinchi tomon launcherlarida ham ishoraviy navigatsiya qilish imkoniyati bo‘ladi. Yangi OneUI Galaxy Note 20 seriyasida debyut qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Galaxy A smartfonlariga endi flagmancha xususiyat qo‘shiladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!