DIQQAT: Terashop.uz’da «20/19» aksiyasi!

  •   DiMaX
  •  5527
  •  15.12.2018 13:43

DIQQAT: Terashop.uz’da «20/19» aksiyasi!

Sizlarga sevimli Terabayt.uz saytining internet-do‘koni – Terashop.uz’da «20/19» bayram aksiyasi joriy etildi. Marhamat – ishtirok eting, omadingizni sinab ko‘ring va g‘olib bo‘ling!

O‘tkazilish muddati: 2018 yil 15 dekabrdan 28 dekabrgacha.

Ishtirokchilar: Aksiyada 2018 yil 15 dekabrdan 28 dekabrgacha Terashop.uz internet-do‘konidan istalgan tovarni xarid qilib, to‘lovni amalga oshirgan xaridorlar ishtirok etadilar. 

G‘olibni aniqlash: 2018 yil 29 dekabr sanasida random usuli orqali xaridorlar o‘rtasidan ikki nafar g‘olib aniqlanadi.

Yutuq: 1-o‘rin g‘olibi xarid summasini 20 foizini naqd pul shaklida yoki plastik kartasiga qabul qilib oladi.

2-o‘rin g‘olibi xarid summasining 19 foizini naqd pul shaklida yoki plastik kartasiga qabul qilib oladi.

Yutuqlarni topshirish: G‘olib o‘z yutug‘ini naqd pul shaklida qabul qilib olish uchun Terashop.uz internet-do‘koni ofisiga kelishi kerak. Masalan, siz iPhone Xs telefonini aksiya o‘tkazilgan muddat ichida xarid qilsangiz va 1-o‘rinni olsangiz, sizga ikki million so‘mga yaqin pulingiz qaytarib beriladi. Ya’ni tovar narxining 20 foizini mukofot sifatida qaytarib olasiz. Boshqa istalgan tovarlar uchun ham g‘olibga 20 foiz chegirma puli beriladi.

G‘olib o‘z yutug‘ini plastik kartaga qabul qilib olish uchun, aksiya g‘olibi aniqlanganidan keyingi 2 soat davomida UzCard tizimiga ulangan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining plastik karta hisob raqamini taqdim etishi lozim; unga yutuq milliy valyuta – so‘mda o‘tkazib beriladi.

Eslatma: Aksiyada Terashop.uz internet do‘koni va Terabayt.uz sayti xodimlari hamda ularning oila a’zolari qatnashishi taqiqlanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!