DirectX haqida va u nima uchun kerak?

DirectX haqida va u nima uchun kerak?

Bu savolga eng birinchilardan bo‘lib, kompyuterda o‘yin o‘ynaydiganlar qiziqishadi. Chunki kattaroq o‘yinlarni o‘rnatishda albatta bu termin haqida so‘raladi yoki o‘rnatish talab qilinadi yoki o‘yin ichida o‘rnatilib ketiladi.

DirextX — Microsoft kompaniyasi tomonidan chiqarilgan bir necha texnologiyalar yig‘indisi bo‘lib, chiroyli, katta hajmdagi, 3D o‘lchamli o‘yinlarni o‘rnatish
va ularni o‘ynash jarayonida ishlatiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, DirextX bu — kerakli dastur bo‘lib, bu dastursiz katta hajmdagi o‘yinlarni o‘ynay olmaysiz.

Bu dastur Windows tizimiga tegishli bo‘lib, o‘yin yaratuvchilar DirextX orqali, o‘yinlarini ma’lum bir qurilmalarga bog‘lanib qolishdan saqlanishadi, ya’ni yaratilayotgan o‘yinlar barcha qurilmalarda bir maromda ishlashi ta’minlanadi. Bu tushuncha faqat umumiy holda, dasturni bajaradigan vazifalari juda ko‘p.

DirextX ichiga quyidagi komponentlar kiradi:

1. DirectInput – boshqaruvchi qurilmalar bilan ishlash.

2. DirectSound – ovoz bilan ishlash.

3. DirectDraw – ikki o‘lchamli grafikalar bilan ishlash

4. Direct3D – uch o‘lchamli grafikalar bilan ishlash.

Bulardan boshqa komponentalar ham mavjud, bular asosiylari hisoblanadi, dasturni bir necha versiyalari mavjud,

Kompyuteringizda DirextX’ning qaysi versiyasi o‘rnatilganini ko‘rish uchun quyidagilarni bajarish lozim:

1. «Vipolnit«oynasi ochiladi, ya’ni Win+R.

2. «dxdiag» buyrug‘i teriladi.

dxdiag

3. Hosil bo‘lgan oynaning quyi qismida versiyani ko‘rishingiz mumkin, undan tashqari bu oynada kompyuterning boshqa komponentalarini ham ko‘rishingiz mumkin.

versi_directx

DirectX dasturini qaysi operatsion tizim uchun, qaysi versiyasini o‘rnatish lozim? Bu savolga quyidagicha umumiy holda javob berish mumkin:

Windows XP DirectX 9

Windows Vista DirectX 10

Windows 7DirectX 11

Bu qandaydir standart emas, faqat maslahat.

Manba: ITportal.Uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!