Doogee Shoot 1 – qo‘sh kamerali eng arzon smartfon

  •   DiMaX
  •  893
  •  21.02.2017 11:17

Doogee Shoot 1 – qo‘sh kamerali eng arzon smartfon

Rossiya smartfonlar bozorida Doogee Shoot 1 sotuvi boshlandi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.Ru sayti. Ta’kidlanishicha, bu – mamlakatda rasman taqdim etilgan qo‘shaloq kamerali smartfonlar orasida eng arzon qurilma bo‘ldi.

Garchi Doogee Shoot 1 – boshlang‘ich darajadagi gadjet bo‘lsa-da, unda suratga olishning ajoyib imkoniyatlari bor. Korpusi metalldan yasalgan, uch xil rangda taqdim etilmoqda – qora (Obsidian Black), tillarang (Mocsa Gold) va kumushsimon-kulrang (Galaxy Grey).

Smartfonning asosiy kamerasi ikkita modulni o‘z ichiga oladi. Ularning birgalikdagi ishlashi suratni olgandan keyin unda tasvirning «chuqur»ligi va fokusini tanlashga imkon beradi.

Doogee Shoot 1 xususiyatlari:

  • Operatsion tizimi: Android 6.0 Marhsmallow
  • Protsessor: MTK6737T
  • Tezkor xotira: 2 GB
  • Doimiy xotira: 16 GB
  • MicroSD karta uchun joy: 256 GBgacha
  • Ekran: 5,5 dyuym, FullHD
  • Asosiy kamera: qo‘shaloq, 13 + 8 Mp, qo‘shaloq chaqnoq
  • Old kamera: 8 Mp
  • Akkumulyator: 3300 mA/s
  • 4G qo‘llab-quvvatlashi: bor
  • Barmoq izi skaneri: DTouch

Xabarda aytilishicha, mazkur smartfonning Rossiyadagi narxi – 9900 rubl (taxminan 171 AQSh dollari).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda sotilayotgan ayrim smartfonlarning narxlarini saytimizda kuzatib borish imkoni bor.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.