Doogee T5 Lite – himoyalangan arzon smartfon

Doogee T5 Lite – himoyalangan arzon smartfon

Bundan 3 oycha oldin Xitoyning Doogee firmasi kuchli korpus himoyasi bilan ta’minlangan Doogee T5 modelini taqdim qilgan edi. Smartfon mijozlar tarafidan iliq kutib olindi.

Endilikda kompaniya ushbu modelning qisqartirilgan texnik parametrlarga ega bo‘lgan Lite versiyasini ham sotuvga chiqarmoqchi. Albatta, Lite versiya standart versiyaga qaraganda anchagina arzon narxda (119 dollar) sotiladi.

Doogee T5 Lite ishbilarmonlar, sportchilar va faol yoshlarga mo‘ljallangan.

Model MT6735 protsessori, 2 GB operativ xotira, 16 GB doimiy xotira, 8MP/5 MPli kameralar bilan jihozlangan. Ekranning diagonali – 5 dyuym. Qurilma Android 6.0 Marshmallow.dasturida ishlaydi.

Doogee T5 Lite suv va chang kirishidan  IP67 standartidagi korpus bilan himoyalangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!