Doogee Y6 Max 3D anonsga tayyorlanmoqda

Doogee Y6 Max 3D anonsga tayyorlanmoqda

Xitoyning Doogee kompaniyasi nisbatan hamyonbop narxda sotiladigan himoyalangan smartfonlari bilan mashhur. China Review saytining xabar berishicha, endilikda kompaniya yana ham innovatsion, 3D tasvir tizimiga ega bo‘lgan yangi model ustida ish olib bormoqda.

Doogee yangi telefonga faol 3D tasvir tizimi bilan ta’minlangan maxsus texnologiyadagi LCD displeyni qo‘llamoqchi. 3D tasvir tizimi bir xil rasmning ikki xil manzarasini ko‘rsatish hisobiga hosil qilinadi. Bunday stereo-effekt orqali foydalanuvchi tasvirni yanada hajmliroq ravishda ko‘radi. Bundan tashqari, yangi Doogee Y6 Max 3D smartfoni 6,5 dyuymli Full HD displey, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira, 4,300 mA/st sig‘imidagi batareya, Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan 13 MPli kamera, sakkiz yadroli Mediatek MT6750T protsessori va barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi.

Model tez orada sotuvga chiqarilishi mumkin. Narxiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!