Drop-test: Galaxy S9 va S9+ mustahkamligini sinab, iPhone X bilan taqqoslashdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1743
  •  20.03.2018 09:02

Drop-test: Galaxy S9 va S9+ mustahkamligini sinab, iPhone X bilan taqqoslashdi (+video)

Samsung kompaniyasining bu yil taqdim etilgan Galaxy S9 hamda S9+ flagmanlari tashqi ko‘rinishi jihatidan avvalgi «avlod»lariga juda o‘xshash bo‘lib qolganidan xabaringiz bor. Ularning farqli jihatlarini ko‘rsatish uchun janubiy koreyalik texnogigant ishlab chiqqan to‘qqizta videorolikni ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 9. AR Emoji funksiyasi (+video)

Garchi Galaxy S9’larning korpus dizayni va materiallari oldingi avlod smartfonlariga o‘xshasa-da, detallarga nazar solinsa, farqlar seziladi. Samsung yangi flagmanlarini old va orqa tomonidan yanada qalinroq shisha bilan himoyalagan. Aniqroq qilib aytganda, unda qo‘llangan Gorilla Glass 5 shishasi boshqa qurilmalardagiga nisbatan 20 foizga qalinroq va mustahkamroq.

Xo‘sh, bularning barchasi oxir-oqibatda Galaxy S9’larning mustahkamligini chindan ham oshirganmi? Shuni amalda sinab ko‘rish uchun SquareTrade sug‘urta kompaniyasi maxsus testlar o‘tkazib ko‘rdi.

Mana, o‘zingiz videoda tomosha qiling:

Guvohi bo‘lganingizdek, kompaniya mutaxassislari Galaxy S9 hamda S9+ flagmanlari ustida turli sinovlarni amalga oshirib ko‘rishgan va uning ta’mirga yaroqliligini baholashgan. SquareTrade kompaniyasi ushbu testlar natijasida telefonlar namoyon etgan ballarni e’lon qilgan.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: Galaxy S9 mustahkamligini tirnab va yondirib sinab ko‘rishdi!

Aytib o‘tish kerakki, bu ballar shikastlanish ehtimolini anglatadi – ball qanchalik baland bo‘lsa, qurilmaning buzilish ehtimoli shunchalik yuqori va uning mustahkamligi shunchalik past.

Jadvalda ko‘rib turganingizdek, Samsung Galaxy S9 hamda S9+ modellari bu testlar natijasida umumiy hisobda tegishlicha 71 va 76 ball olgan. Taqqoslash uchun aytish kerakki, o‘tgan yilgi Galaxy S8 va S8+ modellari bu testda olgan ballar tegishlicha 76 va 77 ni tashkil etadi.

Shuningdek, «ashaddiy raqib» bo‘lmish kupertinolik gigantning iPhone X superflagmani hatto ulardan ham mo‘rt bo‘lib chiqqanini – SquareTrade drop-testida 90 ball olganini eslab o‘tish o‘rinli.

O‘QING: Eksklyuziv video: iPhone X’ni 300 metrlik balandlikdan tashlasa nima bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.