Drop-test: Galaxy Z Fold3 qanchalik mustahkam? (+video)

Drop-test: Galaxy Z Fold3 qanchalik mustahkam? (+video)

YouTube platformasidagi PhoneBuff kanali ko‘plab smartfonlarning drop-testini o‘tkazadi. Ijodkorlar bu safar Galaxy Z Fold3 buklamafonining bardoshliligini sinab ko‘rishdi.

O‘QING: Drop-test videosi: Galaxy Note 20 Ultra mustahkamroqmi yoki iPhone 11 Pro Max?

Qurilmaning romlari maxsus mustahkam alyuminiy materialidan ishlangan bo‘lib, u odatdatiy smartfonda bo‘ladigan 7000 seriyali alyuminiydan 10% ga mustahkamroq. Buklamafonning tashqi tomonlari Gorilla Glass Victus bilan qoplangan.

Smartfondagi yangi PET himoya qatlami avvalgi avlod Z Fold2'nikidan 80% ga mustahkamroq. Xo‘sh, Z Fold3 drop-testga bardosh bera oldimi? Quyidagi videoda javob bor:

Ekran ramkalari va ekran himoya qatlami o‘rtasidagi ichki asosiy ekran ko‘pchilik kutganidan ham bardoshliroq bo‘lib chiqdi. Agar buklamafon qo‘ldan tushib ketib, yerga yopiq holatda tushsachi? Ma’lum bo‘lishicha, bu holatda ham smartfon o‘z bardoshliligini ko‘rsata olgan.

Yuqorida aytilganidek, drop-test PhoneBuff tomonidan amalga oshirildi. Jamoa fikriga ko‘ra, Galaxy Z Fold3 smartfoni S21 Ultra'dan ham bardoshliroq bo‘lib chiqqan.

Drop-testdan so‘ng ham smartfon ishlashni davom etgan. Biroq uning korpus qismi jiddiy zararlangan.

O‘QING: Drop-test «jonli» videosi: Galaxy S20 Ultra’ni ayovsiz sinab ko‘rishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.