Dropbox servisiga yangi texnik direktor tayinlandi

Dropbox servisiga yangi texnik direktor tayinlandi

Bulut xotirasi bilan aloqador xizmatlarni taklif qiladigan Dropbox kompaniyasi Aditya Agarvalni navbatdagi texnik direktor vazifasiga tayinladi. Business Insider saytining yoziishicha, Agarval 2007 yilda Dryu Xyuston bilan hamkorlikda Dropbox kompaniyasiga asos solgan Arash Firdavsiy o‘rnini egallaydi.

Asli kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan Aditya Agarval 2012 yildan beri Dropbox kompaniyasida xizmat qiladi. Avvalroq u Dropbox tomonidan xarid qilingan Cove startapining boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Agraval oldinroq Facebook kompaniyasida dasturchi-muhandis bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Dropbox’ga qo‘shilgach, Agarval Dropbox Business, Dropbox Enterprise va Dropbox Paper kabi yangi servislarni yaratishda va ishlab chiqishda boshchilik qildi. Bungacha u kompaniyaning vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eng qizig‘i, Aditya Agarvalning turmush o‘rtog‘i Ruchi Sangvi ham 2011 yilgacha Facebook kompaniyasida ishlagan. Juftlik birgalikda Cove startapiga asos solib, keyinroq uni Dropbox’ga sotib yuborgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!