Ducati kompaniyasi Monster nomli bolalarbop velosiped yasadi

Ducati kompaniyasi Monster nomli bolalarbop velosiped yasadi

Italiyaning mototexnika ishlab chiqaruvchi Ducati kompaniyasi mitti xaridorlar uchun maxsus velosiped yasadi. Bu to‘rt g‘ildirakli velosipedchadir, aniqrog‘i ikkita kichik g‘ildiragi orqada joylashib, tayanch vazifasini o‘taydi.

Yaqin kunlarda velosipedchaning MonsterKID 12 va MonsterKID 16 turlari qizil va oq ranglarda sotuvga chiqadi. Ikkalasi ham alyumin quvurli ramada o‘rnashgan. Vilka, kegay (spitsa) va ayrim qismlarigina po‘latdan yasalib, qoraga bo‘yalgan.

Old va orqa g‘ildiraklarida qo‘l tormozi bor. Active-FM1216 uslubidagi sportcha egar qo‘yilgan. Poygada ishtirok etishga mo‘ljallanganligini orqasiga mahkamlangan suvdondan bilib olish mumkin.

Sunnat to‘yi o‘tkazilayotgan bolalar uchun yaxshigina sovg‘a bo‘lishga arziydi.

MONSTER-2

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!