Dunyodagi ilk 146-dyuymli MicroLED-televizori sentyabrda sotuvga chiqadi

  •   Saroy
  •  946
  •  24.07.2018 13:08

Dunyodagi ilk  146-dyuymli MicroLED-televizori sentyabrda sotuvga chiqadi

CTS 2018 ko‘rgazmasida Samsung  kompaniyasi o‘zining “The Wall” (devor) — 146-dyuymli  4K televizorini namoyish qildi. Unda  MicroLED texnologiyasi qo‘llanilgan. Aksariyat parametrlari bo‘yicha u OLED’ni orqada qoldiradi.

Ayni paytda Samsung ushbu televizorini kelayotgan avgust oyida sotuvga chiqarishi haqida xabarlar tarqalgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, kelgusi yildan boshlab televizorning iste’mol uchun yanada yupqa versiyasi sotuvga chiqariladi. Uning qalinligi 30 mm (80 mm o‘rniga), narxi esa kutilganidek, unchalik qimmat emas.

O‘QING:QLED-ekranli Samsung televizorlarining narxi ma’lum bo‘ldi

MicroLED’ning pikseli o‘zining nurini taratadi, shu bois nur beruvchi endi kerak bo‘lmaydi. Ular yuqori koeffitsiyentli kontrastga  (10 000:1) ega bo‘lib, tabiiy qora rang beradi, oddiy svetodiodlarga qaraganda oz miqdorda elektr quvvatini ista’mol qiladi. Shu bilan birga, Samsung’ning ta’kidlashicha, MicroLEDs noorganik materiallarni ishlatishini inobatga oladigan bo‘lsak, ular OLED-qurilmasiga qqaraganda uzoq xizmat qiladi va kuyib ketishdan himoyalangan bo‘ladi. OLED-qurilmasi organik materiallar asosida ishlaydi.

Samsung o‘zining televizorlariga odatda kvant svetodiod (QLED) texnologiyasini qo‘llab kelardi. Endi esa, ushbu texnikani LG va  Sony kompaniyalari mukammal tarzda o‘zlashtirib olgan va Samsung kompaniyasini izma-iz ta’qib etmoqda. Shu bois MicroLED Samsung uchun oldinga siljishdagi navbatdagi qadam  bo‘ladi. Yangi texnologiya bazasida ishlab chiqariladigan ilk modellar bir ikki oydan keyin bozorga chiqariladi.

O‘QING:Samsung televizorlar uchun golografik texnologiyani patentladi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!