Dunyodagi ilk 200 Vt tezlikda quvvatlanadigan smartfon

Dunyodagi ilk 200 Vt tezlikda quvvatlanadigan smartfon

Vivo kompaniyasining iQOO brendi keyingi oyda Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan o'zining iQOO 10 smartfonlari seriyasini chiqarishi kutilmoqda. Insayder bergan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu qatordagi iQOO 10 Pro modeli 200 Vt tezlikda zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydi va smartfonlar bozoridagi rekordni yangilab, dunyodagi eng tez quvvatlanadigan mobil qurilma bo'ladi.

200 Vt tezlikdagi zaryadlash texnologiyasi 4,500 yoki 5,000 mAh batareyali smartfonni 10 daqiqaga qolmay quvvatlash imkonini beradi.

Ma'lum bo'lishicha, iQOO 10 Pro qutisida 200 Vt quvvatlovchi adapteri bilan keladi. Kapot ostida smartfon 12 GB operativ xotira bilan chiqarilishi aytilmoqda. Hozircha ma'lumotlar aniq emas, lekin mish-mishlarga ko'ra, qurilma keyingi oyda $900 narxda sotuvga chiqariladi.

O'QING: Galaxy S23 smartfonida kutilgan o‘zgarish bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!