E-Kommunal.uz orqali hisobni bilish va kvitansiyalarni chop etish mumkin

E-Kommunal.uz orqali hisobni bilish va kvitansiyalarni chop etish mumkin

Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondining yangilangan E-Kommunal.uz (EK.uz) portali foydalanuvchilarga qator foydali xizmatlarni taklif etmoqda, deya Sof.uz xabar bermoqda.

Portalni ishga tushirgan UZINFOCOM Markazi xabariga ko‘ra, saytda hisob raqamini ko‘rsatgan holda kommunal xizmatlar hisoblari bo‘yicha balansni tekshirish, mobil to‘lov xizmatlari orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

To‘lov haqidagi barcha kvitansiyalar shaxsiy kabinetda saqlanib qoladi va istalgan vaqtda ularni chop etish yoki kompyuter (planshet, telefon) ekrani orqali inspektorga ko‘rsatish mumkin.

Saytda onlayn-kalkulyator ham mavjud bo‘lib, uning yordamida joriy tariflar asosida kommunal xizmatlar narxlarini hisoblash mumkin. Kommunal xizmatlar aloqa raqamlari ma’lumotnomasi ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, E-Kommunal.uz portali 2012 yilda ishga tushirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!