EHTIYoT BO‘LING: bepul VPN’larning yarmidan ko‘pi xavfli ekanligi aniqlandi!

  •   DiMaX
  •  10968
  •  20.11.2018 11:27

EHTIYoT BO‘LING: bepul VPN’larning yarmidan ko‘pi xavfli ekanligi aniqlandi!

Turli sabablarga ko‘ra kirish qiyin bo‘lgan ayrim saytlarga ulanish uchun foydalanuvchilar ko‘pincha VPN xizmatlaridan foydalanishadi. Biroq uning ham unchalik xavfsiz emasligiga aksariyat hollarda e’tibor berishmaydi.

O‘QING: VPN nima o‘zi?

App Store katalogidagi bepul VPN ilovalarining yarmidan ko‘pi xavfsiz emas, Google Play’dagilar haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Bu haqda Top10VPN portali mutaxassislarining tadqiqotiga tayangan holda ZDNet nashri xabar bergan.

Aniqlanishicha, ushbu dasturlar asosan Xitoy hukumati tomonidan rag‘batlantiruvi dasturchilarning mahsulotlari bo‘lib chiqmoqda. Ularning aksariyati hatto bu davlat bilan aloqalarini yashirishmayapti ham, deyiladi xabarda. Bu esa internet-trafigi mazkur VPN servisi orqali shifrlanayotgan ma’lumotlarning daxlsizligiga tahdiddir.

Top10VPN tadqiqotchilari o‘rganib chiqqan o‘ttizta ommabop VPN-ilovalarning 17 tasi Xitoy bilan aloqador ekanligi tasdiqlangan. Ularning bir qismi mustaqil dasturchilarga, yana bir qismi esa studiyalarga tegishli, ammo barchasi u yoki bu darajada Xitoy hukumati nazorati ostidalar.

O‘QING: O‘zbekistonda VPN va Proxy’dan foydalanganlik uchun jazo belgilandimi?

Xullasi kalom, eng xavfli VPN’lar ro‘yxati quyidagicha:

Darvoqe, tadqiqotchilarning ogohlantirishlaricha, nafaqat xitoyliklarning, balki boshqalarning mahsuloti bo‘lgan bepul VPN’lar ham ma’lumotlaringiz maxfiyligiga xavf solishi mumkin. Shunday ekan, agarda shifrlash juda lozim va bunda ma’lumotlaringizning o‘g‘irlanmasligi muhim bo‘lsa, pulli VPN-ilovalardan foydalangan yaxshi, demoqda tadqiqotchilar.

O‘QING: Turli brauzerlarda maxfiylik rejimini yoqishning eng oddiy usuli

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!