Ekranni qirilgan izlardan tozalaymiz

Ekranni qirilgan izlardan tozalaymiz

Biz ko‘plab nozik ekranli gadjetlardan foydalanamiz, ular orasida planshetlar, smartfonlar, monitorlar, televizorlar va boshqa shunga o‘xshashlar bor. Qurilma yuzasiga ko‘rsatiladigan hatto oddiy mexanik ta’sir ham qirilgan izlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ulardan qutulish uchun odamlar ko‘plab samarali usullar o‘ylab topgan. Bu usullarning eng mashhurlari to‘g‘risida aytib bermoqchimiz.

Tish pastasi

O‘z vannaxonangizga kirishdan boshlang. Tish pastasini va paxta bo‘lagini oling. Pastani aylanma harakatlar bilan lat yegan soha bo‘ylab suring. Keyin esa biroz namlangan latta bilan qoldiqlarini artib tashlang.

Iste’mol sodasi

Bironta idishda soda va suvni ikkiga bir nisbatda quyuqroq pasta holatiga kelguncha aralashtiring. Keyin esa pastani yumshoq lattaga oling. Endi bu latta bilan lat yegan yuzani aylanma harakatlar orqali ehtiyotkorlik bilan arting. Aralashmaning qoldiqlarini biroz namlangan latta bilan tozalab tashlashingiz mumkin.

Bolalar badaniga sepiladigan dori (prisipka)

Bolalar badaniga sepiladigan doridan ham biz yuqorida sodadan tayyorlaganimizdek pasta qilish mumkin.

O‘simlik yog‘i

Muammoni bartaraf qilishning bu usuli – vaqtincha bo‘lsa ham ayniqsa qirilgan joylar juda kichkina bo‘lgan hollarda samarali hisoblanadi. Bir tomchi yog‘ bilan ekran yuzasini artish kerak. Bu uning avvalgi yaltiroqligini qaytaradi.

Manba: Daryo.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.