Eksklyuziv: Galaxy S9 taqdimot kuni ma’lum, yangi videosini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  2644
  •  15.12.2017 16:55

Eksklyuziv: Galaxy S9 taqdimot kuni ma’lum, yangi videosini tomosha qiling!

Odatda yangi qurilmalar haqida oldindan turli ma’lumotlar tarqalsa-da, to rasman e’lon qilinmagunicha ularning tashqi ko‘rinishi va xususiyatlari aniq bo‘lmaydi.

O‘QING: Galaxy S9'ning iPhone X va boshqa flagmanlarni dog‘da qoldiradigan jihati ma’lum bo‘ldi

Jumladan, janubiy koreyalik gigantning navbatdagi flagmani borasida ham shunday bo‘lyapti. Mashhur insayder @OnLeaks tayyorlagan videodagi Galaxy S9’ning uch o‘lchamli modeli u haqdagi avvalgi tasavvurlarimizdan boshqacharoq. Odatda @OnLeaks prognozlari to‘g‘ri chiqishini inobatga olsak, Samsung’ning keyingi flagmani aynan shunday ko‘rinishda ekanligiga ishonaversa ham bo‘ladi.

Mana, o‘zingiz tomosha qiling-da:

Xullasi kalom, bu lavhada ko‘rganingizdek, Galaxy S9 modelining asosiy kamerasi ikki emas, bittagina ob’yektivga ega. Bir tomondan qaraganda, 2018 yil flagmani uchun yakka modulli asosiy kamera qanaqadir g‘alati ham. Axir, ayrim smartfonsozlar uchta modulli kamera chiqaryapti-ku!

O‘QING: Smartfon sanoatida hayratomuz devays kutilmoqda

Ikkinchi tomondan esa, yaqindagina Google o‘zining Pixel 2 smartfonlari bilan bir narsani isbotlab berdi: ajoyib suratlar olish uchun ikkinchi ob’yektivning umuman keragi yo‘q, munosib dasturiy ta’minot bo‘lsa kifoya. To‘g‘ri, ikkinchi modul keng burchakli yoki teleob’yektiv bilan jihozlangan bo‘lishi ham mumkin. Ammo bu imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ham foydalanuvchilar ularni kamdan-kam ishlatishadi, demak – ularning amaliy ahamiyati kam.

O‘QING: Bir manzarani Canon 5D Mark III, Google Pixel 2 XL va iPhone X bir vaqtda suratga olib ko‘rdi

Shularni inobatga olsak, Samsung qo‘shaloq kamera variantini Note turkumidagi fabletlari yoki Galaxy S9+ modeli uchun saqlab turgan bo‘lishi ham o‘rinli ko‘rinadi.

Shuningdek, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung bu flagmani taqdimotini 27 fevralga belgilagan.

Eslatib o‘tamiz, DBS Design jamoasi tayyorlagan videolavhada Galaxy S9 boshqacharoq ko‘rinish kasb etgan edi:

O‘QING: Samsung Galaxy S9 qanday bo‘ladi? (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!