Eksklyuziv: Samsung endi arzonroq Galaxy Note chiqaradimi?

Eksklyuziv: Samsung endi arzonroq Galaxy Note chiqaradimi?

Galaxy S va Note seriyalarini birlashtirish, Galaxy Note'ni Galaxy Fold bilan almashtirish o‘rniga Samsung'dagilar o‘rta toifadan sal yuqori turuvchi arzonroq Note smartfoni ustida ishlayotgan bo‘lishi mumkinmi?

SamMobile sayti insayderi Abhijit M. ning yozishicha, undagi eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Samsung hozirgacha chiqargan smartfon modellari kategoriyasining hech biriga mos kelmaydigan model raqami SM-N770F bo‘lgan smartfon ustida ishlamoqda. 

Ayni damda, faqatgina Galaxy Note seriyasi smartfonlarining model raqami N harfi bilan boshlanib, ularning barchasida model raqami SM-N9xx diapozonida bo‘ladi. Insayder SM-N770F'ni flagman bo‘lmagan Note smartfoni deb taxmin qilishiga sabab shuki, Samsung keyingi yili hamyonbop buklamafon chiqaradi va uning model raqami SM-F700F bo‘ladi. SM-F900F model raqamiga ega Galaxy Fold'ning hamyonbop talqini SM-F700F chiqarilayotgan ekan, Galaxy Note'lar bilan ham xuddi shunday yo‘l tutilishi mumkin emasmi?

Yana bir jihat e’tiborga molik. 2014 yilda Galaxy Note 3'ning arzonroq talqini, Galaxy Note 3 Neo (SM-N750F), taqdim qilingan. Bundan chiqdi, Note'larning arzonroq talqini oldin ham bo‘lgan.

Ko‘pchilikka yoqadigan S Pen'li smartfonni arzon narxda taqdim qilish to‘g‘ri qaror bo‘ladi, chunki bu bilan Samsung umuman Galaxy smartfonidan foydalanmaydiganlarni ham o‘ziga jalb qilib olishi mumkin. 

Lekin bularning bari faqat taxmin bo‘lib, Samsung aslida qanday yo‘l tutayotganini bilish uchun bizga ko‘proq ma’lumot kerak bo‘ladi. Hozircha bizda bor yagona ma’lumot shuki, SM-N770F'ning doimiy xotira sig‘imi 128GB bo‘ladi. Bu borada izlanishga va topilgan barcha ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘rishga harakat qilamiz.

O‘QING: Insayder Samsung Galaxy S11 haqida yomon xabar berdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!