EKSKLYuZIV: taqdim etilmagan Galaxy A5 (2018) va Galaxy A7 (2018) suratlari hamda videosi chiqdi

  •   DiMaX
  •  4085
  •  17.10.2017 12:22

EKSKLYuZIV: taqdim etilmagan Galaxy A5 (2018) va Galaxy A7 (2018) suratlari hamda videosi chiqdi

Endi Samsung kompaniyasining hali rasman taqdim etilmagan Galaxy A5 (2018) hamda Galaxy A7 (2018) modellarining ko‘rinishi va ayrim xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish mumkin. MySmartPrice sayti ushbu qurilmalarning 3D-grafika asosida yaratilgan render suratlari va videosini taqdim etdi.

Ushbu materiallar turli «sizib chiqqan» xabarlarni @OnLeaks tvitter-akkaunti orqali e’lon qilib kelayotgan Stiv Xemmerstoffer tomonidan tarqatilgan.

Mana, videoda o‘zingiz ko‘ring-da:

 

Xullasi kalom, 2018 yilgi Galaxy A turkumi smartfonlari qatoriga uchta – Galaxy A3 (2018), Galaxy A5 (2018) va Galaxy A7 (2018) modellari kiradi. Manbaga ko‘ra, ularning barchasi romsiz, Full HD+ sifatli (2160x1080 pikselli) Infinity Displays ekrani bilan jihozlanadi.

Galaxy A5 (2018) modelining korpusi o‘lchamlari 148,8x70,5x8,4 millimetrni tashkil etib, displeyi diagonaliga 5,5 dyuym bo‘ladi. Galaxy A7 (2018) devaysi esa 6 dyuymli ekranga ega, o‘lchamlari 159,6x75,6x8,2 millimetrga tengdir. Har ikkal smartfon ham metall korpusga mahkamlangan va old kamerasi qo‘shaloq ob’yektivga ega.

2018 yilgi Galaxy A7 gadjetiga olti yadroli Exynos 7885 protsessori o‘rnatiladi, uning tezkor xotirasi 4, ichki flesh-xotirasi esa 32 gigabayt hajmga ega bo‘ladi. Bulardan tashqari, bitta avlod oldingi smartfonlardagi xususiyatlar – Always On Display, IP68 darajasida chang va suvdan himoya, Samsung Pay to‘lov tizimi va USB Type-C porti ham saqlanib qoladi. U Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!