Eksklyuziv video: iPhone X’ni baribir aldasa bo‘lar ekan!

  •   DiMaX
  •  1393
  •  13.11.2017 10:45

Eksklyuziv video: iPhone X’ni baribir aldasa bo‘lar ekan!

Face ID tizimi bilan ayfonlar xavfsizligini saqlashning yangi bosqichini boshlab bergan iPhone X, baribir, ishlab chiqaruvchi ta’kidlaganichalik himoyalangan emas ekan. Allaqachon mazkur tizimni niqob bilan aldashdi va videolavhasini YouTubega joylashdi.

Vetnamdagi Bkav Corporation kompaniyasi smartfonlar va dasturiy ta’minot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. U Face ID yuzni tanish tizimini 3D-niqob yordamida aldashga muvaffaq bo‘ldi. Bunda ortiqcha qiyinchilik ham tug‘ilgani yo‘q: kompaniya xodimlari 3D-printerda yuz niqobini chop etib, uni grim qilishdi. Keyin esa bu niqobga ko‘z va lab suratlarini yopishtirishdi.

O‘QING: iPhone X’dagi Face ID’ni aldashga qarshi niqoblar sotuvga chiqdi

Bkav Corporation xodimlari bir qarashda oddiygina usulda yasalgan shu niqob bilan ham Face ID’ni aldashdi: tizim uni smartfonning haqiqiy egasi sifatida qabul qildi va blokdan chiqardi.

Mana, 3D-niqob yordamida Face ID’ni aldash jarayoniga quyidagi lavhada bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:

O‘QING: Egizaklar iPhone X'ni blokirovkadan chiqarishga urinishdi (video)

To‘g‘ri, bunday niqobni yaratish ham oson emas va mablag‘ talab etadi. Lekin baribir Bkav Corporation mazkur texnologiyaning xavfsiz emasligini isbotlab berdi. Axir, hali yaqindagina, mazkur tizimni Gollivudning professional pardozchilari hamda niqoblar ishlab chiqaruvchilar tekshirib ko‘rishganligini, Face ID bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganini aytgandi. Mana, endi aniqlanishicha, nafaqat egizaklar, balki umuman o‘zaro o‘xshash bo‘lmagan kishilar ham alday olishar ekan.

O‘QING: Android uchun «dunyodagi eng zo‘r» yuzni tanish tizimi Rossiyada yaratildi

Aytish kerakki, «yubiley ayfoni»dagi xatoni – Face ID adashishi mumkinligini Apple ham rasman tan olgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!