Eksklyuziv video: Nokia 9 flagmani tayyor!

  •   DiMaX
  •  1810
  •  12.10.2017 17:50

Eksklyuziv video: Nokia 9 flagmani tayyor!

Mashhur insayder OnLeaks’ning prognozlari hamisha to‘g‘ri bo‘lib chiqqan. Bugun u o‘zining Twitter-akkauntida hali taqdim etilmagan Nokia 9 flagmanining videosini e’lon qildi.

Aytish kerakki, videorolikda ushbu smartfonning kompyuter modeli aks ettirilgan. Ammo tasvirdagi qurilma shu paytgacha «sizib chiqqan» ma’lumotlarga mos kelishini hamda OnLeaks’ning xabarlari doimo to‘g‘ri bo‘lib chiqishini hisobga olsak, Nokia 9 aynan shunaqa ko‘rinishda ekaniga ishonishimiz mumkin.

Mana, o‘zingiz tomosha qiling va zavqlaning:

Ko‘rib turganingizdek, Nokia 9 metall romli korpus, ikki tomoni qayrilgan displey va qo‘shaloq kameraga ega. Daktiloskopik ckaner smartfonning orqa paneliga o‘rnatilgan. Unda 3,5 millimetrlik tirqish ko‘zda tutilmagan, quloqchinni USB Type-C orqali ulash mumkin.

Nokia 9’ning turli xususiyatlari bilan mana bu maqolamizda batafsil tanishishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.