EKSKLYUZIV VIDEO: Nubia’ning eng qimmat flagmanini bukib, tirnab, yondirib sinab ko‘rishdi!

EKSKLYUZIV VIDEO: Nubia’ning eng qimmat flagmanini bukib, tirnab, yondirib sinab ko‘rishdi!

Mobil o‘yinlar ishqibozlariga mo‘ljallab ishlab chiqilgan Nubia Red Magic 3’ning ilk partiyasi 37 soniyada sotib tugatilgani haqida aytib o‘tgandik. Telefonlar ustida turli tajribalar o‘tkazishi bilan tanilgan JerryRigEverything nikli videobloger ushbu smartfon ekraniga tig‘ bilan chizib, olov tutib, korpusini bukishga urinib ham ko‘rgan. Quyida ushbu jarayon videosini tomosha qilishingiz mumkin:

Displey va kamera ob’yektivi himoya qoplamasi korpusdagi dekorativ romlar va fotochaqnoqning plastik modulidan farqli o‘laroq, o‘tkir jismlar bilan kontaktga bardoshliroq ekanligini ko‘rish mumkin. Barmoq izi skaneri ko‘plab tirnalishlardan so‘ng ham ishlashda davom etgan.

An’anaviy, 20 soniya davomida displeyni olov bilan yoqib ko‘rish matritsada dog‘ qolishiga sabab bo‘lgan va vaqt o‘tganidan so‘ng ham to‘liq yo‘qolmagan. Ammo tachskrin o‘z ishini bajarishda davom etgan va olovdan zarar ko‘rgan maydon ham o‘z holiga qayta boshlagan. Telefon bukilishiga kelsak, bloger qancha harakat qilmasin Red Magic 3‘ni butunlay bukishga va sindirishga muvaffaq bo‘lmagan. Shuncha qiynoqlarga qaramasdan smartfon video so‘ngida ham odatdagidek ishlashda davom etgan.

O‘QING: Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.