EKSKLYuZIV VIDEO: OnePlus 5T hatto iPhone X va Samsung Galaxy S8’dan ham zo‘r chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2043
  •  21.02.2018 14:51

EKSKLYuZIV VIDEO: OnePlus 5T hatto iPhone X va Samsung Galaxy S8’dan ham zo‘r chiqdi!

OnePlus kompaniyasi o‘zining «qotmas» deya ta’riflanuvchi smartfonlari bilan mashhur. Uning yangi reklama roligida OnePlus 5T flagmani Apple hamda Samsung’ning eng zo‘r smartfonlaridan ham yaxshi ekanligi ko‘rsatib berilgan.

O‘QING: 2017 yilning 15 ta eng zo‘r smartfoni aniqlandi – iPhone X kuchli uchlikka ham kira olmadi!

Mazkur videoda OnePlus 5T modelini hamda ikkita yetakchi smartfonsozning turli flagmanlari – iPhone X, iPhone 8, Samsung Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus’larni sinab ko‘rishdi. Sinovlar qatorida qurilmalarning ishlash tezligi, asfaltga urilganda chidamliligi kabilar ham bo‘ldi.

Mana, o‘zingiz tomosha qiling-da:

Guvohi bo‘lganingizdek, OnePlus 5T har jihatdan so‘zsiz g‘olib bo‘lib chiqdi. Xabarlarga ko‘ra, mazkur rolikni tasvirga olish jarayonida smartfonlar egalari zarar ko‘rmagan. Tanlovda qatnashganlarning har biriga, shikastlangan Apple yoki Samsung smartfoni o‘rniga yap-yangi OnePlus 5T sovg‘a qilishgan!

O‘QING: OnePlus 5T iPhone, Samsung hamda Google flagmanlarini yana uyaltirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!