Ekspertlar jahoning eng kuchli smartfonlarini e’lon qilishdi

Ekspertlar jahoning eng kuchli smartfonlarini e’lon qilishdi

Mazkur reytingda e’lon qilinganiga yarim yildan oshgan iPhone 7 Plus gadjeti boshchilik qilmoqda. Ekspertlar reytingni shakllantirishda mobil qurilmalar salohiyatini baholashga mo‘ljallangan AnTuTu benchmarkida qayd etilgan natijalarga tayanishgan.

Ushbu reyting zamonamizning eng kuchli smartfonlari TOP-10 taligidan iborat. Reytingda birinchi va ikkinchi o‘rinda turgan Apple’ning iPhone 7 Plus va iPhone 7 devayslaridan tashqari, barcha o‘rinlar xitoylik mobil aloqa vositalariga nasib qilgan.

Shunday qilib, o‘ntalikni quyidagi smarftonlar to‘ldirishgan. Android-smartfonlar: OnePlus 3T, LeEco Pro 3, Lenovo ZUK Edge.

Ro‘yxatda, shuningdek Smartisan M1, Smartisan M1L, OnePlus 3, hamda Xiaomi Mi 5s Plus va Xiaomi Mi 5s gadjetlari ham bor.

Android-smartfonlar orasida, samaradorlik va yaxshi ishlash bo‘yicha OnePlus 3T telefoni yetakchilik qilmoqda. Bu gadjet 2016 yilda e’lon qilingan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.