Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn chaqirish mumkin bo‘ldi

Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn chaqirish mumkin bo‘ldi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish mumkin bo‘ldi.

Mazkur elektron xizmat yordamida foydalanuvchi ondayn ravishda hisoblagichni o‘rnatish, almashtirish, tamg‘alatish yoki o‘chirtirish uchun mutaxassisni chaqirtirish uchun ariza berishi mumkin. Ariza yozayotganda fuqaro elektr ta’minoti korxonasining vakili qaysi vaqtda kelishini, ya’ni o‘ziga qulay vaqtni ham ko‘rsatishi zarur.

Mazkur xizmatdan my2.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar foydalanishlari mumkin. Ushbu onlayn xizmatdan foydalanish uchun fuqaro portaldagi o‘zining shaxsiy kabinetida ko‘chmas mulk haqidagi maxsus formani to‘ldirishi kerak bo‘ladi. Unda ko‘chmas mulkning kadastr raqami va manzili ko‘rsatiladi.

Bu interaktiv xizmat elektr ta’minoti xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, vaqtga qarab unumli foydalanish imkonini beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!