Elektron tatuirovka — kelajak texnologiyasi rivojlanmoqda

Elektron tatuirovka — kelajak texnologiyasi rivojlanmoqda

2050 yilga kelib teri mobil aloqa qurilmalari boshqaruvining “bosh stansiyasi”ga aylanadi, deyishsa ishonavering. Google hamkorligida Germaniyaning Saarland universiteti yaratayogan inson terisiga mo‘ljallangan sochdan ham yupqa elektron tatuirovka orqali hozircha smartfonni boshqarish mumkin bo‘ladi.

Elektron tatuirovka teridagi o‘zgarishlarga ko‘ra, qurilmaga ma’lumot uzatadi. Misol uchun, elektron tatuirovkani barmoq bilan silash orqali musifa ovozini ko‘tarish yoki pasaytirish, barmoqni egish orqali musiqani to‘xtatib qo‘yish mumkin. Shuningdek, kaftni ochib yoki yopish orqali ham elektron qurilmalarga biror buyruqni berish mumkin.

Bu kabi tatuirovkani yana bir ajoyib jihati shundaki, u o‘zidan elektr nurini taratadi. Deylik, sizga sms-xabar kelsa, bu nur sizga belgi beradi. Yoki telefondagi sevimli ilovaning bosh harfi, masalan Facebook’ning ‘F’ harfini barmoq orqali yasab, uni ishga tushirish mumkin.

Ekspertlarning fikricha, inson tanasidagi raqamli tatuirovka bo‘g‘imlar faoliyatini yaxshilab, ajinlarning oldini oladi va terini dog‘lardan himoya qiladi.

Quyidagi videoda bu boradagi ilk yutuqlarga guvoh bo‘ling:

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!