Elektron to‘lovlar uchun “TGS” dasturiy majmuasi ishlab chiqildi

Elektron to‘lovlar uchun “TGS” dasturiy majmuasi ishlab chiqildi

“ToshkentGazSavdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimi Farhod Jo‘rayev elektron to‘lovlarni o‘tkazish uchun “TGS” dasturiy majmuasini ishlab chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu majmua tabiiy gaz ta’minotchilariga to‘lovlarni USSD xabarlar vositasida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Dasturda tabiiy gaz uchun to‘lov uyali telefondan yuborilgan GPRS xabar yoki Android uchun ishlab chiqilgan ilova yordamida amalga oshiriladi.

Muallifga ushbu dasturiy majmua uchun № DGU 03346 raqamli guvohnoma berildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!