Elephone kuchli MGCool Explorer 2 ekshn-kamerasini anonsga tayyorlayapti

Elephone kuchli MGCool Explorer 2 ekshn-kamerasini anonsga tayyorlayapti

Elephone kompaniyasi tez orada MGCool Explorer 2 nomli zamonaviy texnik parametrlarga ega ekshn-kamerani taqdim etishi kutilmoqda.

Gizmo-China  saytining ma’lum qilishicha, kamera 2 dyuymli sensorli dislpey, ovozli boshqaruv va GPS moduli bilan jihozlanadi, 4K formatida videolar yozish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, kamera H.265 (HEVC) standarti bo‘yicha fayllarni zichlash texnologiyasiga egaligi ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu standart yuqori aniqlikdagi videolarni nisbatan kichik hajli fayllarda saqlash imkoniyatini beradi.

H.265 (HEVC) formati 2013 yilda yaratilgan, undan qisman GoPro Hero5 kamerasida ham foydalaniladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!