ELMO MX-1 Visual Presenter – taqdimotga mo‘ljallangan kamera

ELMO MX-1 Visual Presenter – taqdimotga mo‘ljallangan kamera

ELMO kompaniyasining mahsulotlar qatoriga MX-1 Visual Presenter nomli yangi kamera qo‘shildi. Kamera kompyuter yoki tashqi monitorlarga kerakli sohani tranlatsiya qilishga mo‘ljallangan. Ishlab chiqaruvchining qayd qilishicha, bunday kamerani ta’lim sohasidagi turli jarayonlarda faol qo‘llasa bo‘ladi. Misol uchun, kamera yordamida o‘quvchilarga laboratoriya stolida o‘tkaziladigan tajriba yoki o‘qituvchining qo‘l ostidagi boshqa o‘quv materiallarini ko‘rsatish mumkin.

IXBT nashrida berilgan ma’lumotga ko‘ra,  MX-1 Visual Presenter 4K formatini qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi taqdimot kamerasi hisoblanadi. U Full HD videoni 60 k/s tezligida uzatishga imkoniyat beradigan USB 3.0 interfeysi bilan jihozlangan. Kamerada ko‘zda tutilgan Connect Box bloki orqali uni HDMI va RGB (VGA) slotli monitorlarga ulash mumkin.

Kameraning hajmi ancha ixcham bo‘lib, yig‘ilgan holatda uning o‘lchamlari 73,2 x 244 x 18 millimetrni tashkil qiladi. Og‘irligi 2,4 kg. Hozircha narxi va sotuvga chiqish sanasi ma’lum qilinmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.