Elon Mask o‘zi ochgan "X.com" domenini rekord narxga qayta sotib oldi

Elon Mask o‘zi ochgan

Taniqli tadbirkor va sayyoramizning eng peshqadam innovatorlaridan biri bo‘lgan Elon Mask Tweeter tarmog‘idagi sahifasida yana xalqaro o‘rgimchak to‘ridagi X.com domenining egasiga aylanganidan mamnunligini e’lon qildi.  



X.com domeni 1999 yilda Elon Maskning Confinity deb nomlangan iqtisodiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi startap loyihasi doirasida tashkil qilingan. 

2001 yilda Elon Mask loyihaga qo‘shib X.com domenini ham sotib yuborgan. O‘sha yili bu loyihPayPal nomi bilan qayta ish boshlaydi. Elon Mask uchun qadrli domenning egalik huquqi bugungi kunda jahonning yirik debetorlik elektron to‘lov tizimiga aylangan PayPal'ga tegishli bo‘lgan.  

Nihoyat, olib borilgan uzoq muzokaralardan so‘ng, joriy yilning 3 iyulida Elon Mask X.com elektron manzilini qaytarib oldi. 

Odatda yagona harfdan iborat internet domenlar noyob va ularning narxi qimmat bo‘ladi. Ayniqsa, "X." nomi diqqatni tortadi. Shu bois, bu yo‘nalishda faoliyat olib boradigan ekspertlarning fikricha, X.com'ga yana yetishish Elon Maskka kamida $5 million dollarga tushgan. Bu internet domen uchun to‘langan insoniyat tarixidagi eng katta to‘lov bo‘lishi mumkin.   

Elon Mask esa bundan afsusda emas. Boisi, qachonlardir sotib yuborgan loyihasi unga 175 million dollar foyda keltirgan edi. Qolaversa, bu domen yaqinda uning SpaceX hamda Tesla Model X kabi taniqli loyihalariga tegishli innovatsiyalarga oid ma’lumotlar bilan to‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!