Endi CLICK orqali “O‘zbekiston Havo Yo‘llari”dan chiptalarni xarid qilish mumkin

Endi CLICK orqali  “O‘zbekiston Havo Yo‘llari”dan chiptalarni xarid qilish mumkin

 “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” MAK bilan hamkorlik natijasida bevosita aviakompaniyasining saytida CLICK tizimi orqali chiptalarni xarid qilish imkoniyati joriy qilindi. Bu haqda CLICK nashrimizga ma’lum qildi.

Milliy aviakompaniya bilan imzolangan hamkorlik natijasida joriy qilingan CLICK tizimi orqali aviachiptalarga to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ushbu xizmatlar yanada qulayroq va tezroq bo‘ladi. www.uzairways.com saytidagi barcha jarayonlar butunlay avtomatlashtirilgan bo‘lib, aviachiptalarni nafaqat bronlash, ularga sanoqli soniyalarda to‘lovni amalga oshirib xarid qilish imkonini ham beradi.

“Ushbu hamkorlikning boshlanishi va aviachiptalarning CLICK tizimi orqali onlayn xarid qilish imkoniyatining joriy qilinishi zamonaviy AKT yechimlar ko‘plab jarayonlarni osonlashtirishini va yangi imkoniyatlarning yaratilishini yana bir bor yaqqol tasdiqlamoqda. Barcha O‘zbekiston aholiga shunday imkoniyat yaratganimizdan mamnunmiz, va foydalanuvchilarimiz ushbu xizmatni qulay deb topishadi, deb o‘ylaymiz”, - deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki,bBundan avval CLICK foydalanuvchilari uchun “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AKning temir yo‘l chiptalarini xarid qilish imkoni ham joriy qilingan edi.

O‘QING: Temir yo‘l chiptalarini CLICK orqali onlayn sotib olish mumkin

  •  
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!