Endi “egiluvchan” smartfon bo‘lib: afsonaviy buklama Motorola RAZR qaytmoqda

  •   Saroy
  •  1542
  •  23.08.2018 13:29

Endi “egiluvchan” smartfon bo‘lib:  afsonaviy buklama Motorola RAZR qaytmoqda

Bir vaqtlar Motorola RAZR kompaniyaning eng mashhur apparati bo‘lgan edi.  Ushbu afsonaviy mashhurlik yana qaytayapti, chamasi.  Chunki, Motorola  kompaniyasining yaqinda taqdim etgan patent hujjatida taxlanadigan ekranga ega smartfon chizmalari paydo bo‘ldi. Umuman olganda, bunday smartfon ustida Samsung va Huawei ham anchadan buyon ish olib borayotgandi.

Yangi patentga ko‘ra, endigi RAZR bir ekranli “taxlama” dizaynga ega bo‘ladi. U o‘rtasidan buklanadi. Shunga qaramay, unda xuddi noutbuklardagidek qurilmaning ikki bo‘lagini birlashtiradigan haqiqiy ilmoq mavjud. Sharnir qator konstruktiv muammolarni hal etishi mumkin. Bu shuning uchunki, devays ochilganda to‘liq yassi ekranga aylanishi kerak.

 

Albatta, bu hali patent, amalda esa yakuniy mahsulot bo‘lguniga qadar qurilma yana ko‘p o‘zgarishlarni boshdan kechirishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, Motorola ham  Samsung va Huawei kabi o‘zining taxlama smartfonini chiqarishga juda yaqin turibdi, deyishimizga asos yetarli.