Endi kompyuterga ham barqaror Android 7.1’ni o‘rnatish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1660
  •  16.02.2018 16:16

Endi kompyuterga ham barqaror Android 7.1’ni o‘rnatish mumkin!

Garchi odatda kompyuterlar va smartfonlar uchun operatsion tizimlar alohida-alohida bo‘lsa-da, tinib-tinchimagan dasturchilar bulardan birini boshqasiga moslashtirishdan charchashmaydi.

O‘QING: Har qanday Android-smartfonni endi Windows 10’ga aylantira olasiz!

Android-x86 loyihasi dasturchilari x86 arxitekturali kompyuterlar uchun Android 7.1 Nougat operatsion tizimining barqaror versiyasini taqdim etishdi.

Ushbu relizga kirgan yangilanishlar asosan quyidagilardan iborat:

  • Android x86 installyatori yaxshilangan (Android’ni yagona operatsion tizim tarzida o‘rnatish osonlashtirilgan, tizim yuklanishining sozlamalari takomillashtirilgan, bo‘limlar hamda disklar haqida kengroq ma’lumotlar beriladi va hokazo);
  • Android Open Source Project repozitoriysidagi qo‘shimcha patchlar bilan yangilangan Linux 4.9.80 yadrosi;
  • iio interfeysli datchiklar uchun abstraksiyaning yangi bosqichi taqdim etilgan;
  • Ctrl+Alt+Delete tugmachalar kombinatsiyasi bosilganda qurilmani o‘chirish menyusi chiqadi.

Kompyuterlarga moslangan barqaror Android 7.1 tizimi 32 hamda 64 bitli tizimlar uchun ishlab chiqilgan. Dasturchilar uni sinab ko‘rish uchun mana bu havola orqali loyihaning saytiga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonga iPhone X ishoralarini o‘rnatsa bo‘ladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.