Endi Redmi Note 8 Pro haqida yanada ko‘proq bilamiz!

Endi Redmi Note 8 Pro haqida yanada ko‘proq bilamiz!

Redmi Note 8 va Note 8 Pro'lar bugun, 29-avgust kuni, taqdim qilinadi. Smartfonning Pro modeli o‘zining to‘rt kamerali modulidagi 64 megapikselli ob’yektivi bilan maqtansa, oddiyroq versiyasi 48MP datchikka ega bo‘ladi. Xiaomi ushbu ikki gadjet haqida yana qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Note 8 Pro Helio G90T protsessorida ishlaydi, Note 8 esa Snapdragon 665 ga ega bo‘ladi.

Smartfonlarning rasman ochiqlanmagan boshqa jihatlarini quyidagi sizib chiqqan jadvaldan topish mumkin. Narxlar esa undan keyingi jadvalda keltirib o‘tilgan.Yuqoridagi jadvalga ko‘ra, Redmi Note 8 Pro'da 1080p+ rezolyutsiyaga ega 6,53“ kattalikdagi IPS LCD displey o‘rnatilgan bo‘ladi. Displeyni Gorilla Glass 5 oynasi himoyalab turadi; tomchi kamera esa panelning eng yuqorisidan joy oladi. Qurilma og‘irligi 199 grammga teng bo‘lishi ham jadvalda ko‘rsatib o‘tilgan.

Kamera jamlanmasi 64 megapikselli Samsung GW1 sensori (1/17“, 0.8µm piksel), 8MP o‘ta keng burchakli kamera, 2MP makro kamera (fokus uzunligi 2 sm ga teng) hamda 2MP sath kamerasidan tuzilgan bo‘ladi. Pro bo‘lmagan Note 8'ning asosiy kamerasi (48MP) dan boshqa barcha ob’yektivlar Pro talqinidagi sensorlar bilan bir xil. Bu xususiyatlar Realme'ning yangi lineykasi gadjetlariniki bilan o‘xshash.

4,500 mA/soat hajmli akkumulyator USB-Power Delivery'dan foydalangan holda 18 vattgacha bo‘lgan tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Quick Charge 4.0+ va Pump Express'lar ham qo‘llab-quvvatlanadi. Portlarga to‘xtalsak, smartfonda USB-C, unga yonma-yon 3.5 millimetrli audio jek ham o‘rnatilgan.

Note 8 Pro'ning Helio G90T CPU'siga 6GB tezkor va 64GB doimiy xotira sherik qilingan; xotira sig‘imi maksimal 8/128GBgacha bo‘lgan talqini ham mavjud bo‘ladi. Note 8 bilan esa faqat 4/64GBlik tanlovga egamiz. Smartfonlar narxlarini quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin:

  Xitoy yuani AQSh dollari (taxm.) Yevro (taxm.)
Redmi Note 8 Pro
6/128GB ¥1,800.00 $250.00 €225.00
8/128GB ¥2,100.00 $295.00 €265.00
Redmi Note 8
4/64GB ¥1,200.00 $168.00 €150.00

Xiaomi, shuningdek, Redmi Note 8 Pro'ning qutisi rasmini ham taqdim qildi, lekin bundan ko‘p ma’lumot olib bo‘lmaydi.O‘QING: Redmi Note 8 Pro qanchalik mustahkamligini uchta videoda ko‘rsatib berishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!