Endi Telegram'dagi postlarni ko'rish uchun ham pul to'laysiz

Endi Telegram'dagi postlarni ko'rish uchun ham pul to'laysiz

Telegram o'tgan yilning aprel oyi oxirida o'zining Payments 2.0 xususiyatini taqdim qilgan edi. Bu messenjer ichida to'lovlarni amalga oshirish bilan bog'liq xususiyatning yangilangan versiyasi bo'lib, u foydalanuvchilarga Telegram'da ichida pitsaga buyurtma berish yoki taksi uchun to'lov qilish imkonini beradi.

Endilikda ma'lum bo'lishicha, ushbu Payments 2.0 kanallardagi postlar bilan ham integratsiyalashmoqda: Telegram ma'lumotlar bazasi kutubxonasida pullik postlar haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, tez orada Telegram'da pullik postlar paydo bo'ladi va bunda siz post uchun to'lov qilmaguningizga qadar undagi kontentni (rasm yoki video, ehtimol, spoyler xususiyati bilan matnni ham) ko'ra olmaysiz. Ta'kidlash joizki, bu kanal mualliflari uchun o'z kontentlarini monetizatsiya qilishning yangi yo'li bo'lishi, shu bilan birga, Telegram ham bundan daromad olishi ham mumkin. Hozircha ushbu xususiyat haqida qo'shimcha ma'lumotlar mavjud emas.

O'QING: Telegram'da avval bepul bo‘lgan funksiya Premium obunaga qo‘shilmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!