Endi Uzcard'ni bankomatlar orqali naqd pul mablag‘lari bilan to‘ldirish mumkin!

Endi Uzcard'ni bankomatlar orqali naqd pul mablag‘lari bilan to‘ldirish mumkin!

Uzcard plastik kartalari saqlovchilari uchun bankomatlar orqali bank kartalari hisobini naqd pul mablag‘lari bilan to‘ldirish imkonini beradigan yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
 
Ma’lumki, ilgari kartani naqd pul bilan to‘ldirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka borishga to‘g‘ri kelardi. Bu, ayniqsa, bank mijoz joylashgan joydan ancha yiroqda bo‘lgan hollarda noqulayliklar tug‘dirardi.
 
Endi yaqin atrofda o‘rnatilgan NCR SelfServ 6632 rusumidagi bankomat orqali buni amalga oshirish mumkin. Bunday bankomatlar Agrobank, Xalq banki, Ravnaqbank, KDB va Hi-Tech banklarida o‘rnatildi.
 
Yagona umumrespublika protsessing markazi matbuot xizmatida Norma portaliga berilgan tushuntirishga ko‘ra, hisobga kiritish uchun eng kam kupyuralar miqdori – bitta, eng ko‘p miqdori esa – cheklanmagan deb belgilangan. Katta pul massasini bir yo‘la kiritish mo‘ljal qilinganda, uni qismlarga bo‘lib kiritish zarur. Masalan, agar 100 ta banknota kiritiladigan bo‘lsa, uni shunday qismlarga bo‘lish kerakki, har biri 40 kupyuradan oshmasligi lozim.
 
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.