Endi YouTube'ga ham yuzerneymlar qo'shilmoqda

Endi YouTube'ga ham yuzerneymlar qo'shilmoqda

Deyarli barcha ijtimoiy tarmoq yoki messenjerlar foydalanuvchilarga bir-birlarini topishda yoki o'z shaxslarini shakllantirishda yordam beradigan @username (yuzerneym yoki foydalanuvchi nomi) xususiyatiga ega. Foydalanuvchi nomlari noyob bo'lib, ular bir-birini takrorlamaydi. Endilikda, YouTube ham o'z platformasiga ana shunday funksiyani qo'shayotganligini e'lon qildi.

Ma'lum bo'lishicha, har bir YouTube foydalanuvchisi o'zlarining maxsus nomlariga ega bo'lishadi va u kanal sahifalaridan tortib Shorts'gacha amal qiladi. Yuzerneymlar foydalanuvchilarga izohlarda, post, video yoki video tavsiflarida bir-birlarini oson va tez belgilash imkonini beradi. Shuningdek, kompaniyaning ta'kidlashicha, yuzerneymlar bilan siz to'g'ri odam bilan muloqotda ekanligingizga ishonch hosil qila olasiz. Qolaversa, yuzerneymlar sizning URL manzilingiz sifatida ham xizmat qiladi: masalan, sizning yuzerneym @user123 bo'lsa, sizning YouTube manzilingiz avtomatik ravishda https://youtube.com/@user123 bo'ladi.

Xuddi Telegram'da bo'lganidek, YouTube'da ham kanal nomi alohida, uning yuzerneymi alohida bo'ladi. Agar YouTube foydalanuvchisi allaqachon o'z kanali uchun shaxsiy URL'ga ega bo'lsa, bu avtomatik ravishda ularning yuzerneymlariga aylanadi va albatta, ularni keyinchalik o'zgartirish mumkin bo'ladi.

YouTube yuzerneymlari ushbu haftadan boshlab asta-sekin tarqatiladi va foydalanuvchilar qachon o'zlarining noyob nomlarini tanlash mumkin bo'lganida YouTube Studio orqali ogohlantirilishadi. Kompaniyaning ma'lum qilishicha hamma 14-noyabrgacha o'zining yuzerneymini tanlash imkoniga ega bo'ladi. 

O'QING: iOS uchun Telegram'ga yangi funksiya qo‘shiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!