“Energiya-100” sun’iy yo‘ldoshi uchiriladi

“Energiya-100” sun’iy yo‘ldoshi uchiriladi

Rossiya Federatsiyasining «Energiya» va «Energiya-Telekom» hissadorlik jamiyatlari mutaxassislari ishlagan yangi “Energiya-100” sun’iy yo‘ldoshi 2018 yilning oxirida geostatsionar orbitaga uchiriladi.

“Energiya-100” Rossiya sun’iy yo‘ldoshlarining butunlay yangicha avlodiga mansubdir. Uning o‘tkazish qobiliyati juda yuqori. Apparat chekka hududlarda yashovchi aholining internetga bog‘lanishini yengillashtirishga xizmat qiladi, chunki chekka hududlarga optik tolali liniyalar o‘tqazish murakkab va qimmatga tushadi. Sun’iy yo‘ldoshning ma’lumot o‘tkazuvchanligi 100 Gbit/s gacha boradi.

Sun’iy yo‘ldosh Rossiyaning Uzoq Sharq va Sibir o‘lkalari aholisiga veb xizmat ko‘rsatishni osonlashtiradi. Tizim telekommunikatsiya xizmatlarini Ka-diapazonda amalga oshiradi.

2015 yil holatiga ko‘ra Yer orbitasida Rossiyaning 132 ta kosmik apparati ishlab turibdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.