Eng arzon Huawei smartfoni taqdim qilindi

Eng arzon Huawei smartfoni taqdim qilindi

Huawei sub-brendi bo‘lmish Honor kompaniyasi kuni kecha Honor 7 nomli, ekran tomonlari 18:9 o‘lchamli, 2 GB tezkor xotirali hamda Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlaydigan smartfonni taqdim qildi. Yangi devays narxiga nisbatan ilg‘or jihatlarga ega bo‘lgan va diqqatni tortadi.

Mobil aloqa vositasining 5,45 dyuymli ekrani 1440x720 ta pikselni sig‘dira oladi. Ekran tomonlari nisbati 18:9 o‘lchamli ekani evaziga, shuningdek nisbatan yupqa romlar hisobiga smartfonning ko‘rinishi ham ixcham.

Honor 7 o‘lchamlari: 146,5 x 70,9 x 8,3 mm, vazni 142 gramm. Korpus ranglari: qora, ko‘k, tilla rang.

Honor 7 modeliga boshlang‘ich imkoniyatlarga ega bo‘lgan MT6739 (MediaTek) protsessori o‘rnatilgan. 4 yadroli bu chipsetning chastota tezligi 1,5 GGs.ga yetadi.

Yangi gadjet 2 gigabaytli tezkor xotiraga ega bo‘lgan. Foydalanuvchi ma’lumotlari hamda dasturlar uchun 16 gigabaytli xotira o‘rnatilgan. microSD bo‘lmachasiga qo‘shimcha xotira kartasini qo‘yib, doimiy xotirani kengaytirish mumkin.

Honor 7 bosh kamerasi 13 Mp (f/2.0), old kamera 5 megapikselli. Har ikkala kamera fotochaqnoq bilan ta’minlangan.

Honor 7 smartfoni kuch-quvvatini elektr toki sig‘imi 3020 mA soat bo‘lgan akkumulyatordan oladi. Smartfonda microUSB hamda audio qulqochin uchun 3,5 mm.li portlar mavjud.

Honor 7 uchun $93 dollar so‘ralmoqda. Yirik brendning bunday jihatlarga ega smartfoni uchun mazkur narx ayni muddao.