Eng arzon "Xiaomi" -- Redmi 5A taqdim qilindi

Eng arzon

Xiaomi kompaniyasi bugun Redmi turkumida yana bir yangi smartfon modelini taqdim qildi. Anchadan buyon kutilayotgan Xiaomi Redmi 5A hamyonbop modeli kutilganidek juda ham ko‘p diqqatga sazovor jihatlarga ega bo‘lmadi. Redmi 4A'ning "merosxo‘ri" eng arzon bo‘lish barobarida, eng kamtar jihatlarga ham ega.

5 dyuymli Xiaomi Redmi 5A apparat ta’minoti uchun taniqli va ishonchdan o‘tgan 4 yadroli, chastota tezligi 1,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 425 tanlangan. Hamyonbop model bo‘lgani bois, Xiaomi Redmi 5A HD displey, 2 Gb operativ va 16 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. microSD yordamida xotirani 128 Gb.gacha kengaytirish mumkin

Xiaomi Redmi 5A kamerafon emas va unga 13 megapikselli bosh hamda 5 megapikselli old kamera tanlangan. Bu borada uning imkoniyatlari boshlang‘ich darajada.

2 ta SIM-kartali Smartfon kuch-quvvati uchun tok sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul bo‘lgan.

O‘lchamlari: 139 x 70 x8.5 mm., vazni -- 137 gramm.

Umuman olganda, bu model o‘ta hamyonbop smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning eng arzon smartfonini tutishni istaganlar uchun. Shu bilan birga, smartfonning yap-yangi Android Nougat'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 operatsion tizimida ishlashi undagi eng katta yangiliklardan biridir.

$91 AQSh dollariga baholangan gadjetni 20 oktyabrdan boshlab xarid qilish mumkin bo‘ladi. Xiaomi Redmi 5A tilla, kul rang va pushti rangli korpuslarda ishlab chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.