Eng kuchli o‘rta toifadagi Android smartfonlar reytingi (AnTuTu)

Eng kuchli o‘rta toifadagi Android smartfonlar reytingi (AnTuTu)

AnTuTu benchmarki xalqaro bozordagi eng kuchli o‘rta toifadagi Android smartfonlarning yangi reytingini e’lon qildi. 

O‘rta toifadagi smartfonlar reytingida Snapdragon 778G chip bilan jihozlangan smartfonlar ustunlik qilishda davom etmoqda. Birinchi o‘rinni sentyabr oyida bozorga chiqqan iQOO Z5 smartfoni egalladi. 

556 715 ball to‘plagan holda u 5 oy ketma-ket AnTuTu reytingida hukmronlik qilgan realme GT Master qurilmasidan yetakchilikni tortib oldi. Endi realme 538 922 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Xiaomi Mi 11 Lite smartfoni 523 872 ball bilan ikkinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa tushib ketdi. 

Reytingning keyingi o‘rinlarni Xiaomi Mi 11 Lite 5G NE, Honor 50, Samsung Galaxy A52s 5G, Samsung Galaxy M52 5G, vivo V23 5G, iQOO Z3 va Oppo Reno6 5G smartfonlari band etdi. 

Jadval 2022-yil 1-yanvardan 31-yanvargacha bo‘lgan statistikadan kelib chiqib tuzib chiqilgan. AnTuTu reytingida eng yuqori ball emas, balki o‘rtacha ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Har bir smartfon uchun kamida 1000 ta test o‘tkaziladi va umumiy natija hisobga olinadi. Kamroq testdan o‘tgan smartfonlar reytingga kiritilmaydi. 

O‘QING: O‘z egasini rozi qilgan eng yaxshi Apple qurilmalari reytingi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.