Eng ommabop 10 smartfon (29-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (29-hafta)

Bu galgi reytingimiz tarkibi yigirma sakkizinchi haftadagi bilan bir xil bo‘ldi va ro‘yxatga biror bir yangi smartfon kelib qo‘shilmadi.

Taqdimotidan ko‘p o‘tmay Poco M2 Pro'ga bo‘lgan qiziqish so‘nib, ushbu qurilma ro‘yxatimizda anchayin quyiga tushib ketdi va birinchi pog‘onani ilgarigi yetakchi — Redmi Note 9 Pro egalladi.

Samsung'ning Galaxy A51'i ham bir pog‘ona ko‘tarilib ikkinchi o‘rinni band qilgan bo‘lsa, OnePlus'dagilarning yangi Nord'ga bag‘ishlangan marketing harakatlari o‘z natijasini berdi — qurilma top uchlikka yakun yasadi.

Redmi Note 9 va Redmi 9'lar keyingi o‘rinlarni band qilgan bo‘lsa, ketma-ket uchinchi Xiaomi smartfoni — M2 Pro o‘z nomini oltinchilikka yozidirib qo‘ydi.

Koreyslarning Galaxy A71 va A21s modellari yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarda turgan bo‘lsa, Redmi Note 8 to‘qqizinchi o‘ringa tushib qoldi.

Galaxy M31 bu galgi chartimizga yakun yasab berdi va hech qanday yangi qurilma top o‘ntalikni tark etmadi ham, unga qo‘shilmadi ham.

Shunday qilib, yigirma to‘qqizinchi haftadagi top o‘ntaligimiz Xiaomi'ning oltita, Samsung'ning to‘rtta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
OnePlus Nord 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi 9
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Xiaomi Poco M2 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy M31
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (28-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!