Eng ommabop 10 smartfon (7-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (7-hafta)

Samsung va Xiaomi o‘zlarining yangi flagmanlarini taqdim etishi bilan bizning top chartimiz ham tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi va bu kutilgan holat.

Galaxy S20 Ultra yetakchilik qilayotgan bu galgi reytingning top uchtaligi Mi 10 va Galaxy S20'lar bilan yakun topdi. Qizig‘i, I 10 Pro to‘qqizinchi o‘ringa tushib ketdi.

Samsung Galaxy S20+ to‘rtinchi, Galaxy A51 esa beshinchi o‘rinda.

Reytingizmning doimiy vakillaridan Xiaomi Redmi Note 8 Pro oltinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, yettinchi o‘rin Galaxy A71'ga nasib qildi.

O‘tgan galgi chartda birinchi o‘rinda turgan Poco X2 naq sakkizinchi pog‘onaga tushib qoldi.

Aftidan, Galaxy A51 o‘zidan avvalgi A50 ko‘satgan natijani qayd etadiganga o‘xshaydi, biroq X2 «aka»si X1'dek bo‘la olmasa kerak.

Top o‘ntalik Redmi Note 8 bilan yakunlandi. Bu esa Huawei nova 7i, Galaxy Note10 Lite va S10 Lite'lar bilan xayrlashishga to‘g‘ri keldi, degani.

Shunday qilib, top reytingimizning yettinchi sonidagi o‘nta trenddagi smartfonning beshtasi Samsung, qolgan yarmi esa Xiaomi'ga tegishli bo‘ldi.

Samsung Galaxy S20 Ultra
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Mi 10 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S20
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S20+
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Poco X2
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Mi 10 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (6-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!