Eng qimmat o‘yin vaqtincha bepul bo‘ldi, o‘ynab ko‘rishga ulguring! (+video)

  •   DiMaX
  •  5734
  •  25.08.2018 17:49

Eng qimmat o‘yin vaqtincha bepul bo‘ldi, o‘ynab ko‘rishga ulguring! (+video)

Kyoln shahrida tashkil etilgan Gamescom 2018 o‘yinlar ko‘rgazmasi sharafiga Star Citizen nomli o‘yin – kosmik simulyator vaqtincha bepul qilindi. Aslida u zamonamizdagi eng qimmat, ammo hali yakuniga yetmagan o‘yin hisoblanadi.

O‘QING: Ko‘rsatkich yomon emas: PUBG o‘yini 100 million martadan ko‘p yuklandi

Star Citizen kosmik simulyatori – Wing Commander hamda Freelancer o‘yinlari bilan mashhur bo‘lgan Kris Robertsonning yirik loyihasi. Uni yaratish uchun Gollivud yulduzlari jalb etilgan, moliyalashtirish bilan esa olti yildan buyon geymerlarning o‘zlari shug‘ullanishmoqda.

O‘tgan yilning dekabri holatiga ko‘ra, dasturchilar Star Citizen uchun 170 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plashgan. Robertson buning evaziga keng ko‘lamli fazoviy o‘yin va’da qilayotir, ammo ko‘pchilikning fikricha, bu shunchaki moliyaviy piramida bo‘lib, mazkur indi-o‘yin hech qachon dunyo yuzini ko‘rmaydi.

Ko‘pchilikka notanish bo‘lgan «indi-o‘yin» atamasi haqida mana bu maqolamizda O‘QING:

2017 yilning eng ommabop va eng qiziqarli bepul Android-o‘yinlari

Endi barcha xohlovchilar 24 dan to 27 avgustgacha Star Citizen kosmik simulyatorini o‘ynab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Bunda hali yakuniga yetmagan mazkur o‘yinni hozirgi ko‘rinishida sinab ko‘rishadi.

Mana, ushbu o‘yinga bag‘ishlangan videolavhani tomosha qilamiz:

Star Citizen’ni o‘ynab ko‘rish uchun uni rasmiy saytidan mana bu havola orqali yuklab olish kerak bo‘ladi, bunga GETINTOTHEVERSE promokodini ko‘rsatish lozim. Agar sizda ham fazoviy kengliklarda o‘ynash ishtiyoqi bo‘lsa, vaqtni boy bermang!

O‘QING: Google Play Awards 2018: yilning eng zo‘r o‘yin va ilovalari taqdirlandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!