Eng qudratli Android flagmanlar global reytingida yangi qirol! (AnTuTu, 2021 yil oktyabr)

Eng qudratli Android flagmanlar global reytingida yangi qirol! (AnTuTu, 2021 yil oktyabr)

Mashhur AnTuTu benchmarki Android operatsion tizimiga asoslangan eng kuchli flagman smartfonlarning oylik reytingini e’lon qildi. 

O‘QING: 2021 yil 3-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

Oktyabr oyi oxirida reytingda yangi yetakchi paydo bo‘ldi. Sentyabr oyida RedMagic 6S Pro birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, endi u 856 179 ball bilan ikkinchi o‘ringa tushib ketdi. Birinchi o‘ringa oktyabr oyi o‘rtalarida sotuvga chiqqan Black Shark 4S Pro chiqib oldi. U AnTuTu'da 875 902 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 

Uchinchi o‘ringa 844 078 ball bilan iQOO 8 Pro joylashgan. Ko‘rib turganimizdek, AnTuTu reytingining to‘liq uchligini Qualcomm Snapdragon 888+ chipiga ega bo‘lgan modellar egallagan. 

Kuchli beshlikka 838 280 ball bilan Black Shark Shark 4 Pro va 832 096 ball qayd etgan vivo X70 Pro+ smartfonlari yakun yasashdi. 

Top o‘ntalikdan Asus ROG Phone 5s, iQOO 8, Meizu 18 Pro, OnePlus 9 Pro va Oppo Find X3 Pro smartfonlari o‘rin olishga muvaffaq bo‘lishdi. 

AnTuTu reytingida eng yuqori ball emas, o‘rtacha ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. Har bir smartfonning kamida 1000 ta test natijalari hisobga olindi - testlari kamroq bo‘lgan modellar reytingga kiritilmagan. 

O‘QING: Galaxy S21 Ultra, Pixel 6 Pro, iPhone 13 Pro Max - qay birining akkumulyator avtonomligi yaxshiroq? 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!