Eng tezkor Firefox Quantum brauzeri taqdim etildi – Chrome’dan 30 foizga tejamkorroq (+video)

  •   DiMaX
  •  2080
  •  15.11.2017 13:23

Eng tezkor Firefox Quantum brauzeri taqdim etildi – Chrome’dan 30 foizga tejamkorroq (+video)

Mozilla kompaniyasi o‘z desktop brauzerining yangi talqini – Firefox 57’ni foydalanishga topshirdi. Bu haqda uning rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

Yangi talqin Firefox Quantum deb nomlanadi va u Firefox tarixidagi eng tezkor brauzer sifatida ilgari surilmoqda. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashlaricha, yarim yil avvalgi brauzerdan ikki karra tezkorroq. Rasmiy saytida yozilishicha, Firefox’ning yangi talqini tizim resurslarini Google Chrome’dan ko‘ra naq 30 foizga kamroq sarflaydi.

O‘QING: Mobil Chrome 20 foizga tezlashdi

Firefox Quantum talqini Stylo nomli qayta ishlangan CSS dvijogi bazasida ishlaydi. Unda ko‘p miqdorda ochilgan sahifalar bilan ishlashda tezkorlikni ta’minlash uchun varaqa (vkladka)larning ustunligin (prioritetini) belgilash bo‘yicha yangi texnologiya qo‘llanadi. Bunda ayni damda foydalanuvchi tomonidan ishlatilayotgan varaqaga ustunlik beriladi, fondagi vkladkalarga esa resurs kam sarflanib turadi.

Shuningdek, ishlab chiquvchilar brauzerning sekin ishlashiga olib kelayotgan turli xatoliklarni bartaraf etishganini aytishgan.

O‘QING: Firefox Focus – vahimachilar va tejamkorlar uchun mobil brauzer

Bundan tashqari, Firefox Quantum brauzeri kvadrat varaqali Photon interfeysiga, yangi menyu dizayniga ega va URL hamda qidiruv qatori birlashtirilgan ilk versiya bo‘ldi. Photon interfeysi yuqori sifatli displeylar uchun, shuningdek, tachskrinli kompyuterlar uchun eng yaxshi tarzda optimizatsiya qilingan.

O‘QING: Chrome, Opera va Firefox’da saytlarning qalqib chiquvchi bildirishnomalarini o‘chiramiz

Windows, Mac hamda Linux operatsion tizimli kompyuterlar uchun Firefox Quantum versiyasini ushbu loyihaning rasmiy saytidan mana bu havola orqali o‘tib yuklab olish mumkin.

O‘QING: Internetdagi anonimlik uchun maxsus brauzerlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!